Yangiliklar
bahorgi mavsumda ko‘chat va gul ekishni bo‘yicha seminar o‘tkazildi
11-mart 2025-yil
Ko‘chat ekayotgan inson hayotni sevishiga, farzandu nabiralarini yaxshi ko‘rishiga ishonaman. Bundan ham muhimi, ko‘chat qadayotgan odam, eng avvalo, Vatanini sevadi. Uning go‘zal tabiatini qadrlaydi.
Inson sog‘lom bo‘lishi uchun, avvalo, tabiat sog‘lom, havo musaffo bo‘lishi kerak. Buning uchun yetti yoshdan yetmish yoshgacha hammada ekologik madaniyat shakllanishi, farzandlarimizga oila va ta’lim dargohlarida ekologik tarbiya berilishi shart va zarur.
Rishton tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida barcha maktab direktorlari hamda XIBDO‘lari ishtirokida bahorgi mavsumda ko‘chat va gul ekishni samarali tashkillash maqsadida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan mavsumiy ko‘chat va gul ekish agrotexnikasi va tartiblari xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shu kuni maktabi hududidagi bo‘sh maydonga seminar qatnashchilari va maktab jamoasi ishtirokida 180 tup sara mevali ko‘chat ekildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.