Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATIDA MAKTABLARDA CHORAKLIK SUMMATIV BAHOLASH SINOVLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
14-mart 2025-yil
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 27-fevral kungi “Bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarida 2024-2025-oʻquv yilining III chorak yakuni boʻyicha summativ baholash sinovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrug‘iga asosan baholash jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan maktablarning 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2024-2025-oʻquv yilining III choragi yakuni boʻyicha tanlab olingan fanlar kesimida choraklik summativ baholash sinovlari viloyatimizda joriy yilning 12-19-mart kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Unga ko‘ra, viloyatdagi 49 ta umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari hamda 4 ta umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda ChSB sinovlari o‘tkazish belgilangan.
Shuningdek, ushbu kunlari tanlab olingan 48 ta umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari hamda 4 ta umumtaʼlim maktablarining 5-9-sinf oʻquvchilari uchun anʼanaviy shaklda oʻtkazilmoqda.
Bunda, anʼanaviy shaklda oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablari uchun ChSB sinovlari materiallari vazirlik buyurtmasiga asosan noshirlik nashriyotlarida chop etilishi inobatga olingan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.