Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
13-mart 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda Marg‘ilon shahar "Margʼilon shahar 11-o‘rta maktab 1-sinf o‘quvchilariga ixtiyoriy-majburiy "Open byudjet" uchun ovoz berish so‘ralmoqda" mazmunida tarqatilgan xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan o‘rganish ishlari yakunlari bo‘yicha tegishli tartibda qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.