Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

13-mart 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1-mavsum Open byudjet loyihasi tanlovida ishtirok etayotgan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi bir qator maktablarda rahbarlar tomonidan tartiblar qo‘pol ravishda buzilayotgani, ovoz to‘plash uchun asossiz ravishda o‘qituvchilar va o‘quvchilar majburiy tarzda jalb etilayetgani tanqid ostiga olingan.

Holat viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.

Jumladan, mazkur holatda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun Quva tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 56- va 37-umumta’lim maktabi direktorlari hamda Farg‘ona tumanidagi 13-maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, Farg‘ona tumanidagi 38-maktab direktoriga intizomiy "Hayfsan" jazo chorasi ko‘rilganligini bildiramiz.

Kuni kecha ushbu salbiy holatlar viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbari tomonidan "Zoom" dasturi orqali o‘tkazgan yig‘ilishda viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida muhokama qilnib, barcha masʼullar ogohlantirilganini maʼlum qilamiz. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb