Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

13-mart 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Furqat tumanidagi 4-sonli IDUMda o‘qituvchi va o‘quvchilar “Open byudjet” loyihasi doirasida ovoz yig‘ishga jalb etilganligi hamda direktor ko‘rsatmasiga asosan sinf rahbarlari har bir o‘quvchidan 5 ta ovoz berishni talab etilmoqda...” mazmunida tarqatilgan xabar  tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
 
“Open byudjet” loyihasi uchun ovoz to‘plash targ‘ibotida amaldagi tartibni buzganligi va bu borada xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun Furqat tumanidagi 4-IDUM direktoriga  nisbatan navbatdagi intizomiy jazo chorasi ko‘rilganligini bildiramiz.

Shuningdek, kuni kecha ushbu “Open byudjet” loyihasi uchun ovoz to‘plash targ‘ibotida salbiy holatlarning oldini olish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbari tomonidan "Zoom" dasturi orqali o‘tkazgan yig‘ilishda viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari va soha masʼullari ogohlantirilganini maʼlum qilamiz. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb