Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Respublika “KITOBXONLIK FESTIVALI” Farg‘onada

14-mart 2025-yil
image

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev, Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi direktori Dono G‘aniyeva, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafruz Kasimova, barcha viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

 Festival avvalida tadbir mehmonlari Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov haykaliga gul qo‘yib hurmat bajo keltirishdi va shoirning muzeyida bo‘lishdi.
“Kitobxonlik festivali” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining faollar zalida tashkillandi.

Tantanali marosimni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev ochib, barcha ishtirokchilar va kitobxonlik tanlovlari g‘oliblarini qizg‘in tabrikladi.

Ma’naviyat bayramida so‘z olganlar respublikamizda kitob mutolaasiga juda katta e’tibor berilayotgani, kitobxonlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida gapirdilar. Nafaqat o‘quvchilar, balki ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagogning kitobxon bo‘lishi shart va zarur ekanini ham alohida ta’kidladilar.

Tadbirda “Eng tashkilotchi uslubchi”, “Eng ilg‘or kutubxonachi”, “Eng kitobsevar kutubxonachi”, “Eng Iqtidorli o‘quvchi” tanlovlarining g‘olib va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirilib, barchalariga yanada katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishlariga omadlar tilandi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb