Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Tashabbusli budjet — 2025»

15-mart 2025-yil
image

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida “Tashabbusli budjet — 2025»ning 1-mavsumi uchun saralashdan o‘tgan boshqarma tassarufidagi ta’lim muassasa rahbarlari ishtirokida yig‘ilish tashkillandi. 

Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov mazkur jarayon xolis, amaldagi tartib asosida bo‘lishi muhimligini alohida ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda harakatdagi belgilangan meʼyorlar qo‘pol ravishda buzilayotgan holatlar borligini tanqid ostiga olib, barcha mas’ullarni qattiq  ogohlantiridi. 

Boshqarma boshlig‘i sohada mazkur jarayonda majburiy ovoz to‘plashga jalb qilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha jiddiy choralar belgilanayotganini bildirdi. Bugungi kunda amaldagi tartibni mensimagan va qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygan uch nafar maktab direktori bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi va ikki nafariga “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgani hamda yana uch nafar muassasa rahbar va mas’ullariga navbatdagi intizomiy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, rahbar ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlarini, o‘qituvchi va o‘quvchilarni, shuningdek, ota-onalarni majburiy ovoz berishga jalb etish holatlari yuzasidan shikoyatlar borligi, eng achinarlisi, murojaatlar ijtimoiy tarmoqda bolalayotganini aytib, unda korrupsion holatlariga ham ishoralar borligini, hozirda o‘rganishlar olib borilayotganini bildirdi. Barchani bunday salbiy holatlarning oldini olishga da’vat qildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb