Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONADA "BILIMDON O‘QUVCHILAR" TANLOVI O‘TKAZILMOQDA

15-mart 2025-yil
image

Bugun maktab o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi tashkillandi. 

Mazkur tanlov ijodkorlik va mantiqiy fikrlash qobiliyati yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilarini aniqlash va ularni taqdirlash, ularning bilim darajasini oshirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘quvchilarning innovatsion texnologiyalarni keng ommalashtirishga qaratilgan. 

Tanlovda o‘quvchilar test savollari orqali tabiy, matematika va o‘qish savodxonlik bo‘yicha har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlarini bajarib o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon qilishlari lozim bo‘ladi.

Shu bilan birga, tanlov orqali o‘quvchilarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyati yaratiladi, bu esa ta'lim sifatini yaxshilash va yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb