Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

15-mart 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi 11-maktabning 1-sinf o‘quvchilaridan ixtiyoriy-majburiy ravishda “Open byudjet” loyihasi doirasida 3 tadan ovoz yig‘ib berishi talab etilayotgani haqida xabar tarqatildi. 
 
Mazkur xabar viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

O‘rganish davomida maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari vakillari bilan suhbatlashildi. 

Muloqot davomida maktabning boshlang‘ich sinif o‘qituvchisi sinf rahbari sifatida o‘zi telegammida ochgan ota-onalar guhiga ovoz to‘plashga yordam berishni so‘ragani aniqlandi. Maktab rahbariyati tomonidan bunday topshiriq berilmagan. 

Muallima ixtiyoriy tartibda maktabga ko‘mak berish istagi borligi va ota-onalardan do‘stona ko‘mak so‘raganini tushuntirish xatida bildirgan. 

Xabarda iddao qilingan ovoz berishga majbur etilayotganligi xususidagi vajlar esa o‘z tasdig‘ini topmadi. 

Shunday bo‘lsa-da, maktab rahbariyati va muallima tegishli tartibda ogohlantirilganligini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb