Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG'ONADA YANGI O‘ZBEKISTON UNIVERSITETI PROFESSORLARI ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI 

17-mart 2025-yil
image

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan hududlarda “Yangi O‘zbekiston” universitetining nufuzli xorijlik va mahalliy professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Mahorat darslari” tashkil etib kelinmoqda. 

Kuni kecha Qo'qon shahridagi 14-maktabda ham “Yangi O‘zbekiston” universiteti gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi, Matematika departamenti kichik professori Asqar Abdukamalov hamda Muhandislik maktabi Mexanika muhandisligi departamenti dotsenti Xayko Topol  tomonidan  350 nafarga yaqin iqtidorli o’quvchilarga mahorat darslari o’tkazildi.

Tadbir davomida bugungi kun glaballashuv jarayoni va unda O‘zbekistonning tutgan o‘rni, shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" universiteti faoliyati va imkonyatlari yuzasidan  davra suhbati olib borildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.   

                                                                                    
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb