Yangiliklar
"Ta’limdagi yangi yondashuvlar" mavzusida seminar
18-mart 2025-yil
Oltiariq tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirish maqsadida istiqbolli dars o‘tish uslublaridan keng foydalanishga harakat qilinmoqda.
Bu borada maktab muallimlarining mahorati va tajdribasi muhim ahamiyat kasb etishini barcha pedagoglar yaxshi tushunishadi.
Shu boisdan, maktabda noanʼanaviy va ochiq dars o‘tish hamda turli maqsadli seminarlarni tashkillash ana’naga aylanib bormoqda.
Ta’lim maskanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilar uchun "Ta’limdagi yangi yondashuvlar" mavzusida hududdagi maktabning aniq, tabiiy fanlar va boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilari uchun bo‘ldi.
Seminar ishtirokchilari belgilangan dastur asosida tashkillangan darslarni tahlil qilishdi.
Tadbir so‘ngida ustozlar seminar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.