Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Taʼlim insonni maʼnaviy kamolot sari yetaklaydi" mavzusida viloyat amaliy seminari

18-mart 2025-yil
image

Bugun Farg‘ona tumanidagi 15-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Taʼlim insonni maʼnaviy kamolot sari yetaklaydi" mavzusida viloyat amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir doirasida "Film and entertainment: economic perspectives", "Tanho qayiq", "Qarama-qarshi maʼnoli sifatlar", "Qazilmalardan oqilona foydalanish"   mavzularida turli sinflarda ochiq darslar tashkil etildi. 

Seminarda viloyatning turli taʼlim maskanlarida faoliyat yurituvchi ilg‘or ustoz-muallimlar ishtirok etishdi. 

Tadbir so‘ngida taqdim etilgan maʼnaviy-maʼrifiy dastur barcha ishtirokchilarga ko‘tarinkilik baxsh etdi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb