Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
18-mart 2025-yil
Ijtmioiy tarmoq sahifalarida “Quva tumanidagi 18-maktab biologiya o'qituvchilari Marg‘ilon shahrida “Tashabbusli byudjet” loyihasi uchun 25000 so‘mdan ovoz yig‘ib yurgani rostmi?" mazmunida xabarlar eʼlon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
O'rganishlar chog'ida Quva tumanidagi 18-maktab umumiy o‘rta ta'lim maktabi pedagoglari shu kunlarda “Tashabbusli byudjet” loyihasida qatnashishni ma’lum sababga ko‘ra to‘xtatishgan.
Boisi, jamoa o‘tgan haftada ovozlar hisobini chamalashganda jamoa talabgorlar safida 20-o‘rindaligi ayon bo‘lgan. Imkoniyatlar hisob-kitob qilinganda g‘oliblikni qo‘lga kiritolmasliklari aniq bo‘lgan va targ‘ibot ishlarini to‘xtatishga qaror qilingan. Shuningdek, tarqatilgan xabarda ushbu maktabning o‘qituvchilari, deb iddao qilingan rasmdagi kishilar ushbu jamoada ishlamasligi ham aniqlandi.
ESLATMA
Ayrim ijtimoiy faollardan bilib-bilmasdan, so‘rab-so‘ramasdan ma’lumot tarqatish kishilarga va jamiyatga zarar yetkaztishi mumkinligini esdan chiqarmasliklari zarur. Ma’lumki, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kiritilgan. Yolg‘on axborotni tarqatish qonunan javobgarlikka sabab bo‘lishinieslatib qolamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.