Yangiliklar
IT sohasini rivojlantirish maqsadida seminar-treninglar o'tkazildi
18-mart 2025-yil
My.gov.uz dan samarali foydalanish va IT sohasini rivojlantirish maqsadida seminar-treninglar o'tkazildi
O'zbekiston tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tasarrufidagi barcha maktablar informatika o'qituvchilari va yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida, tuman markazidagi musiqa maktabida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi davlat muassasalari xodimlari tomonidan Ygona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (my.gov.uz) samarali foydalanish va IT Sohasini rivojlantirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish, mamlakatimizda IT sohasida erishilayotgan yutuqlar, IT Parkda yaratilgan shart-sharoitlar hamda boshqa texnologiyalardan foydalanish xususida ma'lumotlar berildi hamda Farg'ona viloyatida tashkil etilgan "Info Teach — 2025" forumida faol ishtirok etgan barcha o'qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.