Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Maktab sport klublari” faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

19-mart 2025-yil
image

Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida “Maktab sport klublari” faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Sport boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda imzolangan 56 q/q va 01-QQ-son “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi  Qo‘shma qarorida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga oid bo‘lgan hamda umumta’lim maktablarida “Maktab sport klublari”ni tashkil etish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bir qator sportni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlarini ijrosini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda boshqarma boshliqlari, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat bo‘limi xodimlari, tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha informatika va axborot texnologiyalari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ishtirok edi.

Ushbu yig'ilishda barcha masalalar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan muhum vazifalar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb