Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

19-mart 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida O‘zbekiston tumanidagi 65-DMTT tarbiyachisi tarbiyalanuvchilardan biriga nisbatan jismoniy kuch ishlatganligi haqida lavha tarqatildi.

Holat yuzasida Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quydagilarni ma’lum qiladi:
Holat o‘rganilishi davomida tarbiyalanuvchining ota-onasi va guvohlarning fikrlari eshitildi. Tarbiyachining bola sog‘lig‘iga zarar yetkazgani yoki unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani to‘g‘risida aniq dalil aniqlanmadi. Shuningdek, voqea joyida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlash taklif etilganida, ota-ona bolada hech qanday jarohat yoki urish asoratlari yo‘qligi bois, ariza qilishdan voz kechdi.

Bundan tashqari, tarbiyalanuvchining ota-onasi ushbu tarbiyachiga nisbatan shaxsiy adovati yo‘qligini va uning o‘z lavozimida ishlashiga qarshi emasliklarini ta’kidladilar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va tarbiyachilar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, bunday holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. Kelgusida bunday tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb