Yangiliklar
OCHIQ DARS
20-mart 2025-yil
Farg'ona shahridagi 16-umumiy o'rta ta'lim maktabida bugungi kunda 1100 nafar o‘quvchilarga 65 nafar o‘qituvchilar taʼlim va tarbiya berishmoqda.
Taʼlim muassasasida kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ylarni har tomonlama blimli va yetuk bo‘lishlarini taʼminlash maqsadida milliy qadriyatlarimiz haqida tushunchalarni singdirib borishga ham katta eʼtibor berilmoqda.
Bugun maktabning tajribali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Yoqutxon Muminovaning 3-"D" sinf o'quvchilariga "O‘zbekiston xalqlarining milliy bayramlari" mavzusida ochiq dars tashkillandi.
Mahoratli muallima dars davomida o‘quvchilarga yuksak insoniy fazilatlarning asosiy mohiyati, xalqimizning azaliy qadriyatlari, boy madaniy meroslarimiz borasida keng tushunchalarni hayotiy misollar orqali tushuntirdi.
Yoqutxon Muminovaning noanaʼnaviy uslubda va qiziqarli o‘tilgan ochiq darsi hamkasblari tomonidan yuqori baholandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.