Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Direktorlar Kengashi navbatdagi suhbat o'tkazildi

20-mart 2025-yil
image

Farg'ona viloyati Direktorlar Kengashi tomonidan bo'sh (vakant) maktab direktori lavozimlari uchun navbatdagi suhbat o'tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan "Menejerlik kursi"ni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar vakant bo'lgan direktorlik lavozimlari uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etishdi.

Suhbat belgilangan tartib asosida muntazam ravishda zoom dasturi orqali qayd etilb, mas’ullar tomonidan kuzatib borildi va tanlovda ishtirok etgan nomzodlar orasidan munosib a’zolar tanlab olindi.

Suhbat jarayonida nomzodlarning jamoani boshqarish, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi, notiqlik san'ati hamda bugungi kun ta'lim islohotlariga qarashlari baholandi va nomzodlarga doir tavsiyalar berildi.

Jarayon belgilangan me’yorlar asosida adolatli, shaffof va xolisona tarzda olib borilishi ta’minlandi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb