Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navro‘z umummilliy xalq bayrami arafasida bir guruh farg‘onalik soha fidoyilari vaziri tomonidan e’tirof etildi

20-mart 2025-yil
image

Navro‘z umummilliy xalq bayrami arafasida bir guruh farg‘onalik soha fidoyilari Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan ta’lim tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari munosib e’tirof etilib, mukofotlarga loyiq ko‘rildi. 

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan:

Muxaramxon Shodiyeva — Oltiariq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodisti (mehnat staji 41 yil);

Gulnora Azizova  – Qo‘qon shahar 9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (mehnat staji 42 yil);

”Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan: 

Mayramxon Uzaqova – O‘zbekiston tumanidagi 4-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (mehnat staji 39 yil);

Ummatali Qurbonov – Quva  tumanidagi 48-umumta’lim maktabining matematika va informatika fani o‘qituvchisi (mehnat staji 39 yil) taqdirlandilar.

Bugun mazkur mukofotlarni tantanali marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov va  viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan topshirildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb