Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
20-mart 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahridagi 29-maktabda “Open byudjet” loyihasi doirasida o‘qituvchilarning majburiy ravishda ovoz yig‘ishga jalb etilayotgani xususida xabar tarqatildi.
Tarqatilgan xabar viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari vakillari bilan suhbatlashildi.
Muloqot jaryonida ovoz to‘plash jarayonlarida qatnashganlar o‘z ixtiyorlari bilan harakat qilganlari va ularni hamda o‘zlari ham hech kimni majbur qilmaganliklarini bildirishgan.
Xabarda iddao qilingan o‘quvchilarni ovoz berishga majbur etilayotganligi xususidagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Shunday bo‘lsa-da, mutasaddilar tomonidan mazkur maktab rahbariyati tegishli tartibda ogohlatirilganligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.