Yangiliklar
Xush ko’rdik Navro’z
21-mart 2025-yil
Bolalar varragi xayolni olgan,
Bodom gullaridan quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan,
Xush kelding bahor, xush ko’rdik Navro‘z.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib,
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga bezaklar bo’lib,
Xush kelding bahor, xush ko’rdik Navro‘z.
Navro’zda ulashing ezgu tilaklar,
Axir tilak bilan kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar,
Xush kelding bahor, xush ko’rdik Navro’z.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.