Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Аsosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi

25-mart 2025-yil
image

Surxondaryoda asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi

Termiz shahridagi 16-maktabda bugun asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi ishtirokchilari tantanali kutib olindi. Nonushtadan so‘ng olimpiadaning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Ayni damda rus tili va adabiyoti hamda o‘zbek tili fanidan olimpiada ishtirokchilari yozma ish sinovlarini boshlash arafasidalar.

Farg‘onalik o‘quvchilarimizga omad tilab qolamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb