Yangiliklar
G‘alaba muborak!
26-mart 2025-yil
Farg‘onalik o‘quvchi respublika olimpiadasining Respublika bosqichida mutlaq g‘olib bo‘ldi
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida ingliz tili fanidan muvaffaqiyatli qatnashgan Farg‘ona shahridagi 2-IDUM 11-sinf o‘quvchisi Islomjon Hasanov yuqori — 92,6 ball jamlab, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat bilan Islomjon Hasanovning o‘qitgan barcha ustozlarini va eng yaqin ko‘makchilari bo‘lgan ota-onasini tabriklaymiz.
Ma’lumot uchun, iqtidorli o‘quvchining ustozi tajribali va mohir muallima Simirnova Yekaterina Vladimirovnaning o‘quvchisi Zuhra Olimova 2023-yilda o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasida ingliz tili fanidan Respublika bosqichida birinchi o‘rin sohibi bo‘lgan edi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.