Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

14-aprel 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Buzuqo‘rg‘on“ mahallasida joylashgan filiali ta’mirga muhtojligi xususida tanqidiy lavha e’lon qilindi.

Holat soha mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. 

Ushbu ta’lim maskani filialining binosi 1986-yilda 120 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallab qurilgan. Ayni kunlarda muassasada 86 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tahsil olishmoqda. 

O‘rganish davomida "Buzuqo‘rg‘on" MFY hududida 270 nafar maktab yoshidagi bolalar mavjudligi, ulardan 86 nafari, ya’ni 1-4-sinf o‘quvchilari ayni shu maktab filiali binosida va qolgan yuqori sinf o‘quvchilari esa maktabning asosiy binosiga qatnab tahsil olishayotgani aniqlangan.  

Tuman hokimligi tashabbusi bilan shu kunlarda maktabda dastlabki bosqich obodonlashtirish-ta’mirlash ishlari boshlandi. Xususan, maktab hududidagi yaroqsiz holdagi devor buzib tashlanib, muassasa elektr tarmoqlaridagi nosoz nuqtalar yangisiga alishtirilmoqda.

O‘quvchilar sig‘imini hisobga olgan holda kelgusida ta’lim maskanini kengaytirib, yangidan qurilish ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli hujjatlarni tayyorlash jarayonlari ham boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb