Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
14-aprel 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda Oltiariq tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tanqid ostiga olindi.
Unda muassasadagi o‘quvchilar uchun yaratilgan shart va sharoitlar talabga javob bermasligi, hojatxona antisanitariya holatdaligi ta’kidlangan.
O‘rganish davomida ijtimoiy tarmoqda joylangan hojatxona xususidagi foto ushbu maktabga tegishli emasligi aniqlandi...
Mazkur maktab 1988-yilda 1176 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallab zamonaviy talablar asosida qurilgan. Barcha imkoniyatlar mavjud. Ta’lim maskanida bugungi kunda 1181 nafar o‘quvchi 1,0 navbatlilik koeffitsientda tahsil olib kelmoqdalar. Muassasa binolari 2008-yilda davlat dasturi asosida 182,1 million so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirdan chiqarilgan.
Maktabda bugungi kunda tashqi 2 dona hojatxona binosi mavjud bo‘lib, 1-hojatxona 12 ochkodan iborat esiki tipda va 2-hojatxona zamonaviy yuviladigan 8 ochkodan iborat. Tanqid ostiga olingan salbiy holatlar bartaraf etildi.
Maktab rahbariyatiga kelajakda bunday noxush holatlarning oldini o‘z vaqtida olish yuzasidan tushunchalar berilganligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot.