Yangiliklar
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
19-aprel 2025-yil
Mazkur tadbir mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlar va o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Marosimda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov va viloyatimiz vakillari Farg‘ona shahridagi 42-maktabda tashkillangan hududiy studiyada ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun turli sport musobaqalari, ko‘rgazmali chiqishlar va targ‘ibot ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.