Yangiliklar
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Dolimov Buvayda va Furqat tumanlaridagi ta'lim muassasalarida bo'ldi.
6-iyun 2023-yil
Boshqarma boshlig‘i Buvayda tumanidagi 17-, 18-, 29- va Furqat tumanidagi 37-maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati hamda o‘quvchilarga kasb o‘rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan yozgi oromgohlar faoliyati bilan qiziqdi.
Rahbar tashrif chog'ida maktab ma'muriyati va o'qituvchilar bilan muloqot qildi.
Ta'lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirdi.
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar ishlarning asosi bo‘lishi lozimligini uqtirdi.
Ayrim ko‘zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘zining tavsiyalarini berdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.