Yangiliklar
G‘oliblikka erishgan jajji shaxmatchilar taqdirlandilar
3-iyul 2024-yil
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar o‘zaro bellashdilar.
Shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilgan mazkur musobaqa qizg‘in bahslarga boy kechdi.
Bellashuvda muvaffaqiyatli qatnashgan Marg‘ilon shahridagi 3-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Muhammadayubxon Abdullayev faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor bolajonlarga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiing diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.