Yangiliklar
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining tuman (shahar) bosqichi gʻoliblari aniqlandi
4-iyul 2024-yil
Avval xabar qilinganidek (https://t.me/uzedu/28330), (https://t.me/uzedu/28330) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarini aniqlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovi tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 24-28-iyun kunlari tanlovning tuman (shahar) bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 11 320 nafar ishtirokchi “Eng yaxshi metodist”, “Yilning eng fidokor tarbiyachisi, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”, “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyalar boʻyicha oʻzaro bellashishdi.
3 ta shart asosida boʻlib oʻtgan tanlov natijalariga koʻra, jami 1043 nafar, jumladan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasidan — 97 nafar;
Andijon viloyatidan — 87 nafar;
Buxoro viloyatidan — 76 nafar;
Jizzax viloyatidan — 68 nafar;
Qashqadaryo viloyatidan — 82 nafar;
Navoiy viloyatidan — 61 nafar;
Namangan viloyatidan — 66 nafar;
Samarqand viloyatidan — 73 nafar;
Surxondaryo viloyatidan — 83 nafar;
Sirdaryo viloyatidan — 55 nafar;
Toshkent viloyatidan — 80 nafar;
Fargʻona viloyatidan — 71 nafar;
Xorazm viloyatidan — 72 nafar;
Toshkent shahridan — 72 nafar metodist va tarbiyachi gʻoliblik hamda tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Ma’lumot uchun: tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) saralash bosqichi 8-12-iyul kunlari o‘tkaziladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram (https://t.me/uzedu) Facebook (https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU)
Youtube (http://bit.ly/2PYbkOx) Instagram (https://www.instagram.com/mmtv_uz/)
Veb-sayt (https://uzedu.uz/uz) Linkedin (https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/)