Yangiliklar
IZLAGAN IMKON TOPAR
5-iyun 2023-yil
Dang‘ara tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida bugungi kunda 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, unda yangi o‘quv yiliga tayyorrlash ishlari boshlab yuborildi.
Ta’lim muassasalarini ta’mirlash uchun mahalliy byudjet hisobidan mablag‘ ajratilib, devorlarni ta’mirlash uchun 10 tonna emulsiya va sinf xonlarini pol qismini bo‘yash uchun 3,5 tonna bo‘yoqlar xarid qilindi.
Mazkur 165 million so‘mlik qurilish bo‘yoqlari belgilangan tartibda tovar xom ashyo birjasi orqali sotib olindi.
Shu kunlarda qurilish materiallari tumandagi barcha umumta’lim maktablariga avvaldan belgilangan reja asosida tarqatilmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.