Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

#imtihon_2024 - ixtisoslashtirilgan_maktablar 

5-iyul 2024-yil
image

Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari davom etmoqda

Hozirda Farg‘ona viloyatida agentlik tizimidagi 1 ta Prezident,1 ta Ijod maktabi, 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasi majlisining joriy yilning 16-apreldagi “2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda ijod maktablariga o‘quvchilar hujjatlarini qabul qilish hamda kirish imtihonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 69-son bayoni asosida Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilar qabuli amalga oshirilmoqda.

2024/2025-o‘quv yili uchun Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Agentlik tizimidagi maktablarga jami 25 795  ta ariza kelib tushgan. 

Shundan: Prezident maktablga 7017 ta, Ijod maktablga 970 ta, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 2773 тa va Ixtisoslashtirilgan maktablarga 17808 ta. da'vogar hujjat topshirgan. 

Viloyatimizdagi agentlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 19 ta maktablarga jami  816 nafar, 5-sinfiga 600 nafar, 7-sinfiga  esa 216 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

 Belgillangan rejaga asosan kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident maktablarining 1-bosqich kirish imtihonlari 7-iyul kuni, tayanch ixtisoslaashtirilgan maktablarining kirish imtihonlari 9-, 10-iyul kunlari hamda ijod maktablarining 3-bosqich kirish imtihonlari esa 10-iyul kuni oʻtkaziladi. 

 Shuningdek, Prezident maktablarining 2-bosqich kirish imtihonlari esa 26-iyul kuni oʻtkazilishi belgilangan. 

 Mazkur imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam va tegishli tashkilotlar yaqindan ko‘mak berishmoqda. 
Maʼlumot uchun: ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: 5-7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 -11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkazilishi belgilangan. 
Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 -11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt belgilangan. 

Bugunga qadar 13223 nafar da'vogarlar imtihonlarda qatnashdilar. 

 Test jarayonlari davom etmoqda. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb