Yangiliklar
Fransuz tili ustozlari Fransiyada
6-iyul 2024-yil
#Fransiya
Xabaringiz bor, bir guruh fransuz tili ustozlari Fransiyada amaliyot o’tashmoqda.
Loyiha davomida Frankafoniya til markazi direktori Yan Libratti tomonidan o’qituvchilar uchun interaktiv usulda seminar tashkil etildi.
Seminar-trening davomida:
ta’lim muassasasida ustozlar o’rtasida o’zaro hurmat muhitini yaratish,
o’quvchilar bilan do’stona mubosabatlar o’rnatish,
kasb etikasi,
xorijiy tillarni o’rgatishni innovatsion usulda tashkil etish kabi mavzularda so’z bordi.
Shundan so’ng, loyihada ishtirok etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.
Eslatib o’tamiz, 2-guruh fransuz tili ustozlari joriy yilning 7-iyul kuni Fransiyaga jo’nab ketishadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram (https://t.me/uzedu) Facebook (https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU)
Yutube (http://bit.ly/2PYbkOx) Instagram (https://www.instagram.com/mmtv_uz/)
Veb-sayt (https://uzedu.uz/uz) Linkedin (https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/)