Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

6-iyul 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan tanqidiy xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarda Quva tumanidagi 11-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga autsorsing xizmati ko‘rsatayotgan “Vanessa De Lux” MShJ faoliyati tanqid ostiga olingan. Unda mazkur ta'lim tashkilotiga berilayotgan oziq-ovqatlar va ichimlik suvi sifatsizligi iddao qilingan.

Soha mutaxassislari ishtirokida bildirilgan vajlar o‘rganib chiqildi va tarqatilgan xabardagi ma'lumotlar asossiz tarqatilgani ma'lum bo‘ldi.

Shunday bo‘lsa-da, Quva tumanida faoliyat olib borayotgan “Vanessa De Lux” MShJ mas'ullari bilan ko‘rsatilayotgan xuzmat talablar doirasda va sifatli bo‘lishi muhimlgi yuzasidan suhbatlashildi.

Shunda, amaldagi hamkorlik bardavom bo‘lishi eslatib o‘tilganini ma'lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb