Yangiliklar
"Mental arifmetika" bo‘yicha IV Xalqaro “ACADEMY IQ — 2024”
9-iyul 2024-yil
G'OLIBLAR ANIQLANDI
Xabaringiz bor, Turkiyaning Istanbul shahrida dunyoning 20 ga yaqin davlatidan jami 400 nafar ishtirokchilarni jamlagan "Mental arifmetika" bo‘yicha IV Xalqaro “ACADEMY IQ — 2024” olimpiadasi bo'lib o'tdi
Olimpiadaning saralash bosqichlarida Quvasoy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari Saidamirxon Saydaxmadov hamda Sudays Abdullazizov muvaffaqiyatli qatnashib "Mental arifmetika" bo'yicha faxrli 1-o'rinni qo'lga kitishdi.
G'oliblikni qo'lga kiritgan toʻgarak a’zolarining erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani bilan muborakbod etamiz.
Kelgusi o‘qish va ishlarida ham omad yor bo‘lsin!
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.