Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
13-iyul 2024-yil
Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan tanqidiy xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
Quva tumanidagi 9-Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti blogerlar tomonidan o’rganilganda bir qator kamchiliklar borligi aniqlangan.
Shu munosabat bilan Quva tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’lim munataxassislari tomonidan qayta o’rganilganda tarbiyachilarning ish hujjatlaridagi ayrim kichik kamchiliklari o’rnida bartaraf etildi.
Hamshira tomonidan yaroqlilik muddati o’tgan dorilar saqlanayotganligi aniqlandi va o’rnida oldirib tashlandi.
Tashkilot rahbariga navbatdagi intizomiy chora koʻrish uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga taklif kiritildi hamda muassasa hamshirasidan tushuntirish xati olinib, navbatdagi intizomiy chora qo’llash maqsadida tuman yuridik markaziga buyruq yuborildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.