Yangiliklar
Farg‘onada 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Yaponiya ta’lim metodikasini tajriba-sinov tariqasida joriy qilish rejalashtirilgan.
3-iyun 2023-yil
Yaponiyalik ta'lim bo‘yicha mutaxassis Goto Mikako tomonidan mazkur maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida trening-mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Unda ishtirokchilar Yaponiya ta’limining yutuqlari, darslarni tahlil qilish, o‘qituvchilar o‘rtasida o‘za’ro tajriba almashish, jamoani boshqarishning o‘ziga xos usullari bilan tanishdilar.
Trening-mashg‘ulot doirasida Goto Mikakoning boshlang‘ich sinflar matematika fanidan namuna darsi o‘tib berdi.
“Mahorat darsi” tadbir qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.