Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Kelajagimiz egalari bo‘lgan aziz bolajonlar!

1-iyun 2023-yil
image

Sizlarni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan tabriklayman! 

Sizlarga sog‘lik-salomatlik, kelgusi o‘qishlaringizda ulkan zafarlar, har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilayman.

Bugungi bayram kayfiyati sabab Sizlarning beg‘ubor kulgularingiz, gulgun chehralaringizdagi quvonch, ko‘zlaringizda charaqlab turgan baxtiyorlik nurlari, biz kattalar ko‘nglida ham ko‘tarinkilik paydo qilmoqda. 

Quvonmay bo‘ladimi, Siz yangi, beg‘ubor avlodimizsiz, Yangi O‘zbekistonimizning yangi dunyosini barpo etuvchi kelajak vorislarimizsiz.

Shuni unutmangki, Sizni oldinda yangi imkoniyatlar,  zafarlar bilan birga, ne-ne sinovlar, yuksak dovonlar, murakkab va sharafli yo‘llar kutmoqda. 

Sizlar har qanday vaziyatda ham aziz Vatanimizning fidoyi va jasur, bilimdon va baxtli farzandlari bo‘lib qolishingizni istardim.

Sherzod Dolimov, 
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig`i.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb