Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“O‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish" dolzarb masala

16-may 2025-yil
image

“O‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish" dolzarb masala

 Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar huquq-erkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy etish hamda yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. 
Toshloq tumanida o‘tkazilgan “O‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan VMMTB tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z olga viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov sohada bu borada bajarilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Rahbar hammamizning oldimizda turgan muhim masala bu yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, o‘quvchi-yoshlar bizning kelajagimiz ekanligi, ular o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, shu bilan birga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilaetganiga alohida to‘xtalib o‘tidi. 

Ayrim ta’lim muassasasida Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish profilaktika jiddiy etibor qaratilmaetganini tanqid ostiga oldi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar bilan savol-javob o‘tqazildi va ularning qiziqqan savolllariga javoblar berildi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb