Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Fargʻona tumanidagi 9-maktabda iqtidorli va isteʼdodli o‘quvchilar safi kengaymoqda. Ulardan biri Madinaxon Xabibulloyevadir. 

9-iyun 2025-yil
image

Madinaxon yillar davomida o‘z ustida ishladi, bilimini oshirishga bir kuchini sarfladi. Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalandi. Bilmaganlarini ustozlaridan so‘rab o‘rgandi.

Pirovard natijalaridan ystozlari va ota-onasi mamnun. Iqtidorli o‘quvchi kimyo va biologiya fanidan 100% natija bilan A+ darajali sertifikatni, ona tili va adabiyot fanidan esa 78.22% natija bilan C+ darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi. 

Tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan ilg‘or o‘quvchi harakatlari bois, biologiya fanidan 93 ball, kimyo fanidan 63 ball va ona tili fanidan 11 ball to‘plab va natijada 167,0 ball jamlashga erishdi. 

Madinaxonning orzusi Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi  bo‘lish va xalqimizga malakali shifokor sifatida xizmat qilish.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb