Yangiliklar
Tadbirkor maktablarga kompyuter jamlanmasi va rangli printerlar sovg‘a qildi.
20-iyun 2023-yil
Jismonan va ma’naviy sog‘lom, har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga g‘amxo‘rli qilish borasida viloyatimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan ham kelajak avlod — o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun shart-sharoitlar yaratib berish borasidagi tashabbuslar ko‘payib borayotgani quvonarli holdir.
Bugun tadbirkor tomonidan O‘zbekiston tumanidagi 22-maktab, Bag‘dod tumanidagi 39-maaktab, So‘x tumanidagi 13-maktab, Yozyovon 15-maktab, Toshloq 16-maktablar uchun 50 dona kompyuter jamlanmasi va 3 dona rangli printerlar sovg‘a qilindi.
Kutilmagan beminnat tuhfalardan maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari juda xursand bo‘lishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.