Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Quva tumanida "Kitobxonlik kuni"lari

6-iyun 2025-yil
image

Quva tumanidagi maktablarda "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tjazishga aloihida eʼtbor qaratilmoqda. 

O‘quvchilar o‘rtasida "Kitobxonlik kuni"lari tadbiri ham davom etmoqda. 

Kecha tumandagi 32-, 40-, 45-, 51- va 52-umumiy o'rta ta'lim maktablarida o‘quvchilar ishtirokidagi "Zavqli mutolaa" mavzusidagi o‘tkazilgan tadbir ham qiziqarli bo‘ldi.

Unda o‘quvchilarning faolligi biz kutubxonachilarni juda quvontirdi.

Mazkur tadbir tumandagi taʼlim maskanlarida yanada keng quloch ochadi va unda ko‘plab o‘quvchilar ishtirok etishlari taʼminlanadi. 

Iroda Bahromova, 
tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi metodisti. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb