Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONA SHAHRIDAGI MAKTABLARDA "DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA "YOZNI MAKTAB BILAN" LOYIHASI ASOSIDA SPORT VA FAN TO‘GARAKLARI FAOLIYATI KENGAYTIRILMOQDA

4-iyun 2025-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida  shu yil 15-may kuni “Maktab taʻlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida taʻminlash maqsadida Farg‘ona shahar umumta’lim maktablarida "Dolzarb 90 kunlik" yozgi tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. 

Shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 47 ta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan yozgi dam olish oromgohlarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida ijobiy va davomli tadbirlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, fan va sport to‘garaklariga jalb qilinayotir. Rejaga ko‘ra, "Dolzarb 90 kunlik" davomida 50 dan ziyod tanlovlar ham o‘tkaziladi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb