Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Xayr bogʻcha — salom maktab"

2-iyun 2025-yil
image

Yozyovon tumanidagi 28-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti o‘z faoliyatini boshlaganiga ham bir yil toʻldi.

 Qisqa fursatda muassasada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Taʼlim va tarbiya samaradorligini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratildi. 

Bu yil birinchi qaldirgʻoch tarbiyalanuvchilar maktabga kuzatildi. Shu munosabat bilan "Xayr bogʻcha — salom maktab" shiori ostida tadbir oʻtkazildi. 

Unda bolajonlarning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida muassasa tarbiyalanuvchilari ustozlaridan olgan boshlangʻich bilimlari, she'r, raqs va qoʻshiqlari bilan barchani xushnud etishdi. 

Tashkilotda shu kuni "Onalarga ehtirom" tadbiri ham tashkillandi. Unda muassasa jamoasi va tarbiyalanuvchilari o‘zlarining dasturlari bilan faol qatnashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati. https://t.me/FarVMMTB/23477

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb