Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Qo‘qon shahridagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning taʼtil davrida maroqli va mazmunli hordiq chiqarishini taʼminlash naqsadida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.  

8-iyun 2025-yil
image

Maktabda tashkillangan kunduzgi oromgohga yuz nafarga yaqin bolajonlar jalb qilingan.
 
O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida muassasada muntazam ravishda turli maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmiqda. 

Ayniqsa, “Zakovat” intellektual o‘yini, "Kitob mutolaa qilamiz", musiqiy tanaffus, yosh musavvirlar ijrosida rasmlar tanlovi, futbol, shashka va shaxmat hamda voleybol sport musobaqalari bolajonlarga xush kayfiyat baxsh etmoqda.

Tashkillangan tadbirlarda shahar hokimligi, huquq-tartibot idoralari vakillari, mahalla faollari hamda ota-onalar ham faol ishtirok etishmoqda. Bu, albatta, o‘kazilayotgan tadbirlar nufuzini, fayzini oshirmoqda. Bundan tashqari, maktabda yo‘lga qo‘yilgan o‘ndan ortiq fan to‘garaklari o‘quvchilar bilimlarini oshirish va mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 


Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati. https://t.me/FarVMMTB/23576

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb