Yangiliklar
Farg‘onada ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlariga start berildi
3-iyul 2024-yil
Hozirgi kunda Farg‘ona viloyatida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyat yuritmoqda. 2024-2025-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga jami 25 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.
Ayni damda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida test sinovlari uchun har tomonlama tayyorlangan 11 ta binolarda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi boshlandi.
Bugungi imtihon jarayonlarida 17 ming 780 nafar 5-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
Joylardagi jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlarda onlayin efirda tomosha qilishingiz mumkin: http://test2024.uz
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.