Yangiliklar
"Shaxmat festivali" musobaqasi respublika bosqichi
4-iyul 2024-yil
Bugun O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Shaxmat festivali" musobaqasi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada o'g'il bolalar o'rtasida 1-o'rin — Xorazm viloyati, 2-o'rin — Buxoro viloyati, 3-o'rin — Farg'ona viloyati tarbiyalanuvchilariga nasib qildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.