Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

4-iyul 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda "Beshariqdagi yagona rus maktabida oddiy fuqarolarning farzandlari tahsil ololmaydimi?" mazmunida tarqatilgan murojaat, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o’rganib chiqildi.

O‘rganish davomida tumandagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 2024-2025-o'quv yili uchun bolalarni 1-sinfga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “2024-2025-o‘quv yilida bolalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 175-sonli buyrug’i talablari asosida tashkillangani aniqlandi. 

Mazkur maktabga jami 175 ta o‘quvchi uchun kvota belgilanib,  maktab ta'lim tili rus tili bo'lganligi sababli tegishli tartibda 1-sinfga qabul rejasi asosida, bolaning boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasini baholash orqali 175 nafar bolalar qabul qilingan.
  
Ushbu jarayoni shaffof tarzda o'tkazilib, qabul jarayoniga tuman MMTB tomonidan aralashish holatlari qayd etilmagan. 

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan murojatdagi vajlar asossiz ekanligi ma'lum bo‘ldi. 

Mazkur maktab 2023-2024-o'quv yilda Xorijiy tilllarni o'qitish bo'yicha yilning eng yaxshi maktabi tanlovida tuman bosqichida faxrli 1-o'riini egallagan, Asosiy fan olimpiadasida 7 nafar o'quvchilari tumanda faxrli o'rinlarni egallab viloyat bosqichi ishtirkchilari bo'ldilar, maktabning 70 nafar o'quvchilari hamda rus va ingiliz tili fani  o'qituvchilari xorijiy tillarni bilish darajasi bo'yicha xalqaro va   milliy sertifikatlarga ega. 

Undan tashqari kuni kecha Prezidentimiz yonida ma'daniyat bilan nutq so'zlagan Nabiyeva Sabinaxonni tarbiya qilgan bu maktabda ma'daniyatsizlik haqida gap bo'lishiga izoh yo'q.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb