Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Brifing

3-iyun 2025-yil
image

Farg‘ona  VMMTB tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’tili “Yoz-2025-mavsumi” tashikilanishi haqida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafruz Kasimova  ishtirokida brifing

Farg‘ona  VMMTB tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’tili “Yoz-2025-mavsumi” tashikilanishi haqida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafruz Kasimova  ishtirokida brifing

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz raisligida shu yilning 15-may kuni “Maktab ta’limi tizimini yanada takomillashtirish” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlarini yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb-90 kunlik” tadbirlarini tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berilgan.

Davlatimiz rahbarining belgilab bergan vazifa va tapshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyatdagi barcha umumta’lim muassasalarida “Dolzarb-90 kunlik” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirilib olindi.
Bugungi kunda viloyatdagi 955 ta umumta’lim maktablarida 688 217 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Shundan 43 367 nafar o‘quvchilar 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari, 68 652 nafari 1-sinf o‘quvchilari bo‘lib, ota-ona qaramog‘ida bo‘lishi nazarda tutilgan. Yozgi ta’til davrida 582 045 nafar o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish rejalashtirilgan.

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati boshqarasi huzuridagi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti qoshidagi 14 ta “Statsionar oromgohlari”da 9300 nafar, 114 ta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “Kunduzgi oromgohlar”iga 28 500 nafar, 841 ta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”ga 520 305 nafar hamda 20 ta viloyat va tuman (shahar) lardagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan tashkil etiladigan 7 ta yo‘nalishdagi 684 ta to‘garaklariga 23 940 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtiroki mo‘ljallangan. 

2025-yil yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha viloyatdagi 114 ta (11,9 foiz) umumta’lim maktablarida uch navbatda “Kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlari”ni tashkil etish va oromgohlarda 28 500 nafar (4,1 foiz) bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. Mavsum davomida  I navbatda - 107 ta umumta’lim maktablaridagi kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida 10 735 nafar, II navbatda - 97 ta kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida 9735 nafar, III navbatda – 85 ta oromgohlarida 8030 nafar bolalar sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Quvasoy ,Farg‘ona shahri hamda Toshloq tumanida viloyat miqyosida va boshqa hududlarda tuman-shaharlar miqyosida amaliy ko‘rgazmali seminarlar tashkil etildi.   

 Hozirda 107 ta umumta’lim maktablaridagi kunduzgi sog‘lomlashirish oromgohlari mavsumning I-navbatida o‘z faoliyatlarini boshladi va 7085 nafar bolalar qamrab olindi.

Viloyat bo‘yicha hozirda 107 ta kunduzgi oromgohlarda 10435 nafar bolalar sog‘lomlashtirilmoqda. 

Boshqarma tizimidagi 955 ta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” klublari o‘rtasida 385 ta “Zakovat” intelektual o‘yinlari o‘tkazilib, 2 695 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb etildi. Tashkil etilgan 3 820 ta sport to‘garaklariga, 76 400 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar qamrab olindi. “Kitobxonlik” yo‘nalishida 184 ta “Yosh kitobxon” tanlovlarida, 1 104 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb etildi. Tashkil etilgan 5 730 ta fan to‘garaklariga 114 600 nafar o‘quvchi yoshlar qamrab olinadi. Tashkil etilgan 1 910 ta ijod yo‘nalishidagi to‘garaklarga 28 650 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilmoqda. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb