Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O‘zbekiston tumanida 49-umumta’lim maktabining qo‘shimcha 520 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

26-avgust 2025-yil
image

Shu munosabat bilan tashkillangan marosimda so‘z olganlar mazkur maktabda ta’lim olish uchun o‘quvchilarga sharoitlar yaxshilanganligi va imkoniyatlar kengayganligini alohida ta’kidlashdi. 

Endilikda mazkur ta’lim maskanida 1380 nafar o‘quvchilar shinam va yorug‘ hamda barcha qulayliklari bor sinf xonalarida ta’lim va tarbiya olishadi.

Ushbu uch qavatli 520 o‘rinli yangi o‘quv binoni barpo etish uchun investisiya dasturi doirasida davlatimiz tomonidan 4 milliard 332 million so‘m miqdoridagi mablag‘ sarflandi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb