Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan “Rishton tumani 56-MTTda aniqlangan holatlar...” mazmunida tarqatilgan xabarga RASMIY MUNOSABAT

24-avgust 2023-yil
image

Xabar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur muassasada tozallik va obodonlashtirish ishlari va sanitariya holatlari talab darajada emasligi aniqlandi. 

Jumladan, ayrim ota-onalar oilaviy sharoitlari tufayli bolalar uchun to‘lanadigan oylik badallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasaning tarbiyachilaridan bankka to‘lab qo‘ishlarini iltimos qilishgan... 
O‘z navbatida mutaxassislar tomonidan muassasa xodimlariga amalgagi tartib asosida ishlashi bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi. 

Muxbirlar tashrifidan so‘ng, tashkilotda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yuqori tashkilot mutasaddilari ishtirokida chora-tadbirlar belgilangan.

O‘z vazifasiga sovuqqonlik munosibatida bo‘lgan Rishton tumanidagi 56-DMTT mas’ullari tegishli tartibda ogohlantirilganini ma’lum qilamiz. 

FVMMTB Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb